Aktyor o‘z karyerasini teatr sahnasidan boshlagan. 2000-yillarning boshida Kamberbetch Rijens-Parkda ochiq osmon ostidagi teatrda va Qirollik milliy teatrida rollarni ijro etgan. Shu bilan bir vaqtda aktyor televideniyeda ham suratga tushishni boshladi, biroq teatrni tashlamadi. Unga birinchi yirik muvaffaqiyatni “Stiven Xoking” filmi keltirdi.